KartaXabar — yordam va hisobni o‘chirish
Xizmat operatori: PAYMENT TECH AI, MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT.
E-mail: [email protected]. Telefon: +998 91 663 77 44.
Manzil: Mustakillik MFI, Zarafshan ko‘chasi, 61-uy, Loish, 141000, O‘zbekiston.
Yordam so‘rash
Ilova versiyasi, Android/iOS versiyasi, muammo yuz bergan vaqt va amalga oshirgan qadamingizni yozing. Zarur bo‘lsa, karta va hisob rekvizitlarini berkitib skrinshot biriktiring. SMS kodi, PIN, CVV, to‘liq karta raqami yoki sessiya tokenini yubormang. Murojaatlar operator tomonidan ko‘rib chiqiladi; avtomatik javob yoki 24/7 xizmat kafolatlanmaydi.
Ilovadan hisobni o‘chirish
Profil → Shaxsiy ma’lumotlar → Hisobni o‘chirish bo‘limiga kiring va tasdiqlang. Avval kerakli shaxsiy daftarni eksport qiling. Amalni bajargach hisob va unga bog‘langan faol ma’lumotlarni tiklash kafolatlanmaydi.
Ilovasiz o‘chirish so‘rovi
[email protected] manziliga “KartaXabar hisobini o‘chirish” mavzusida yozing. Hisobga biriktirilgan telefon raqamingizni va hisobni to‘liq o‘chirish istagingizni ko‘rsating. Xavfsiz kanal orqali hisobga egaligingiz tekshiriladi. Support xodimiga SMS kodi, parol, karta PIN yoki CVV yubormang. Hisob tasdiqlanmasa, begona shaxs so‘rovi bo‘yicha o‘chirish amalga oshirilmaydi.
Nima o‘chadi va nima qolishi mumkin
Faol bazadagi profil, sessiyalar, moliya daftari, sozlamalar, bog‘langan kartalar va tegishli tarix, tashqi hisob bog‘lanishlari, eslatmalar hamda qurilma yozuvlari o‘chiriladi. Xavfsizlik/so‘rov limitlari yozuvlari va cheklangan kirishdagi zaxira nusxalari alohida saqlanishi mumkin; ularning muddati maxfiylik siyosatida ko‘rsatiladi.
Ilovani telefondan o‘chirish serverdagi hisobni o‘chirmaydi. KartaXabar hisobini o‘chirish bank hisobini yoki Telegram/Apple/Google hisobini yopmaydi. Avval eksport qilgan yoki boshqalarga yuborgan fayllaringizni o‘zingiz boshqarasiz.
Hisobni saqlab, ayrim ma’lumotlarni o‘chirish
Moliya daftaridagi keraksiz yozuvni ilovada o‘chirishingiz mumkin. Qo‘shimcha yordam uchun [email protected] manziliga “KartaXabar ma’lumotlarini qisman o‘chirish” mavzusida yozing, hisob telefonini va aynan qaysi yozuvlarni o‘chirish kerakligini ko‘rsating. Hisobga egalik tekshirilgach so‘rov ko‘rib chiqiladi. Hisobni o‘chirishni so‘ramagan bo‘lsangiz, telefon/profil va qolgan yozuvlar saqlanadi. OTP, PIN, CVV yubormang.
Qo‘shimcha saqlash muddatlari
Faol bazadan o‘chirilgan ma’lumotning backup nusxasi 31 kungacha qolishi mumkin. Telefon/IP xavfsizlik limiti va SMS loglari 91 kungacha saqlanadi. Support yozishmalari murojaat yakunidan 180 kungacha saqlanadi. Qonuniy majburiyat yoki faol nizo bo‘lsa, zarur doiradagi alohida istisno qo‘llanishi mumkin. Batafsil: https://kartaxabar.uz/privacy-policy/.